O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Jizzax viloyati filiali (keyingi o`rinlarda – Agentlik filiali) 2018 yil 15 avgustda Jizzax shahrida tashkil etilgan.
Agentlik filialining tashkil etilishi va faoliyatining maqsadi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o`rinlarda – Agentlik) Jizzax viloyati hududidagi vazifalarini amalga oshirish va funksiyalarini bajarishdir.
Agentlik filialining asosiy vazifalari:
- Jizzax viloyati hududida davlat va mintaqaviy dasturlar, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samaradorligi hamda shaffofligini oshirish;
- norentabel va kamsamarali loyihalarni aniqlagan holda, loyihalarni sifatli va o`z vaqtida bajarilishiga ko`maklashishni ta’minlash;
- loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatdan kompleks tahlilini amalga oshirish, jumladan, ularda korrupsiya va boshqa suiiste’mollik belgilari bor-yo`qligi jihatidan tahlil qilish;
- davlat xaridlari borasidagi qonunchilikni to`g`ri qo`llashni monitoring va nazorat qilish;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Loyiha boshqaruvi yagona milliy informatsion tizimining amal qilishini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;
- muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari, sinov va kalibrlash laborotoriyalari va boshqa tashkilotlarni akkreditatsiyasi va inspeksiya nazoratiga ko`maklashish;
- loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga ko`maklashish;
- O`zbekiston Respublikasining “Biznes faoliyati” hisobotidagi reytingini istiqbolda oshirilishi borasida investitsiya muhitini yaxshilash hamda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- biznes olib borish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining kafolatini kuchaytirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo`lab-quvvatlanishini ta’minlash;
- davlat hokimiyati va boshqaruvining hududiy organlari, shuningdek, huquqni himoya qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
Agentlik filiali quyidagi tashkilotlarning Jizzax viloyati bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o`tkazish markazi” DUK;
- “Akkreditatsiya markazi” DUK;
- Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi;
- “Mirzo Ulugbek Innovation Center” MCHJ.
Agentlik filiali direktori: Xen Eduard Klimentyevich
Manzil: 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko`chasi, 77
Tel: 72 226-16-63
El.pochta: jizzaxnapm@exat.uz; jizzaxinfo@napm.uz