Размер шрифта:
A A
Цвет сайта:
A A

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Jizzax viloyati filiali (keyingi o`rinlarda – Agentlik filiali) 2018 yil 15 avgustda Jizzax shahrida tashkil etilgan.

Agentlik filialining tashkil etilishi va faoliyatining maqsadi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o`rinlarda – Agentlik) Jizzax viloyati hududidagi vazifalarini amalga oshirish va funksiyalarini bajarishdir. 

Agentlik filialining asosiy vazifalari:

  • Jizzax viloyati hududida davlat va mintaqaviy dasturlar, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samaradorligi hamda shaffofligini oshirish;
  • norentabel va kamsamarali loyihalarni aniqlagan holda, loyihalarni sifatli va o`z vaqtida bajarilishiga ko`maklashishni ta’minlash;
  • loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatdan kompleks tahlilini amalga oshirish, jumladan, ularda korrupsiya va boshqa suiiste’mollik belgilari bor-yo`qligi jihatidan tahlil qilish;
  • davlat xaridlari borasidagi qonunchilikni to`g`ri qo`llashni monitoring va nazorat qilish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Loyiha boshqaruvi yagona milliy informatsion tizimining amal qilishini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;
  • muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari, sinov va kalibrlash laborotoriyalari va boshqa tashkilotlarni akkreditatsiyasi va inspeksiya nazoratiga ko`maklashish;
  • loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga ko`maklashish;
  • O`zbekiston Respublikasining “Biznes faoliyati” hisobotidagi reytingini istiqbolda oshirilishi borasida investitsiya muhitini yaxshilash hamda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • biznes olib borish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining kafolatini kuchaytirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo`lab-quvvatlanishini ta’minlash;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvining hududiy organlari, shuningdek, huquqni himoya qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;

Agentlik filiali quyidagi tashkilotlarning Jizzax viloyati bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:

  • Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi;
  • “Mirzo Ulugbek Innovation Center” MCHJ.

Agentlik filiali direktori: Xen Eduard Klimentyevich

Manzil: 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko`chasi, 77

Tel: 72 226-16-63

El.pochta: jizzaxnapm@exat.uz; jizzaxinfo@napm.uz


Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.