Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Rahbariyat

Li Dmitriy Romanovich
Direktor
Telefon:
(+99871) 231-79-27
Faks:
-
Elektron pochta: info@napm.uz

Ma’lumoti oliy

Li D.R. mehnat faoliyatini xalq ta’limi tizimi ta’minoti sohasida boshladi, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.

2017 yil avgust oyidan – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida direktorning birinchi o`rinbosari.

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori lavozimiga tayinlandi.  



Agentlik tarkibiy bo'linmalariga, jumladan iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish, texnik tartibga solishni standartlashtirish va takomillashtirish, qonunchilikni uyg'unlashtirish, loyihalardagi xavf-xatarlarni baholash, prognozlash, respublikaning investitsiya sharoitiga tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatish, litsenziyalash va ruxsat berish tartiblarini optimallashtirish, shuningdek o'z lavozim vakolatlari doirasida boshqa masalalar bo'yicha, rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.


“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi qoshidagi loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish Markazi”, “Akkreditatsiya markazi” va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Oyning har to'rtinchi jumasi 11:00 dan 13:00 gacha