Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Idoraviy mansub tashkilotlar

670

«ILG‘OR HUDUD» pilot loyihasini amalga oshirish loyiha ofisi

Loyiha ofisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar ro`yxatiga kiritish uchun «Ilg'or hudud» pilot loyihasi va Jizzax viloyatini rivojlantirish strategiyasi bilan qisqa va uzoq muddatli istiqbolda o`zaro bog`liqliq holda investitsiya takliflarini ko'rib chiqish, bunda moliyalashtirish manbalari tasdiqlanganligi hisobga olinadi;

  • Jizzax viloyatida «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'larini jalb qilgan holda moliyalashtiriladigan loyihalarni samarali amalga oshirish, muvofiqlashtirish va boshqarish;

  • loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan materiallarni sifatli tayyorlashga ko`maklashish;

  • loyiha ofisi va agentlik bo`linmalari o`rtasida nazarda tutilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o`zaro tartib-taomillarni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;

  • loyihalarni amalga oshirish uchun ilg`or uslublarni, shu jumladan Loyiha ofisi va agentlik bo`linmalarining o`zaro hamkorligi bo`yicha uslubiy va tartibga soluvchi hujjatlarni yuritishning ilg'or metodologiyalarini joriy etish;

  • loyihalar bo`yicha tashabbuslar bilan chiqish, shu jumladan loyiha talabnomalarini yig`ish va ko`rib chiqish;

  • loyihalarni boshqarishni qo`llab-quvvatlash, shu jumladan loyihalarni amalga oshirishga to`sqinlik qilayotgan muammolarni hal qilishda ishtirok etish;

  • tasdiqlangan tarmoq grafigiga muvofiq loyihalarni bajarilishini monitoring qilish va joriy nazorat qilish;

  • loyihalar bo'yicha haftalik hisobotlarni tuzish.

  • biznes-rejalar va loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun tadbirkorlarga xizmat ko`rsatishni hisobga olgan holda, «biznes-inkubator» ishini tashkil etish orqali kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga ko`maklashish.


 

Telefon:
+998 72 226-16-63

Manzil:
130100, Jizzax sh., Sh. Rashidov k., 77

Email:
jizzaxinfo@napm.uz

Veb sayt:
napm.uz