Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o`rinlarda – Biznes va boshqaruv oliy maktabi deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 sentyabrdagi №PQ-3930-sonli Qaroriga binoan tashkil etilgan.

Bugungi kunda Biznes va boshqaruv oliy maktabi mamlakatimizdagi xo`jalik boshqaruvi organlari, aksionerlik jamiyatlari va tadbirkorlikning boshqa subyektlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha yetakchi ta’lim muassasasi hamda “MBA” va “Loyiha boshqaruvi” yo`nalishi bo`yicha magisratura darajasini taqdim etuvchi yagona davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Biznes va boshqaruv oliy maktabi tomonidan o`zining ta’lim vazifasini bajarish maqsadida yuklatilgan vazifalarni samarali boshqarib, ularni oliy darajada hal eta oladigan yuqori malakali liderlar tayyorlashni maqsad qilgan innovatsion ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan.

Biznes va boshqaruv oliy maktabining professor-o`qituvchilar tarkibi akademik, professional va ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega bo`lgan yetakchi o`qituvchilardan tashkil topgan. Bundan tashqari, Biznes va boshqaruv oliy maktabida ta’lim berish uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining ekspertlari hamda mahalliy va chet el oliy ta’lim muassasalari o`qituvchilari ham jalb etilmoqda.

Qo`shimcha ravishda, Biznes va boshqaruv oliy maktabi o`zining tinglovchilariga “Loyihalarni boshqarish. Tayanch daraja”, “Korporativ boshqaruv”, “Ish yuritish va ijro intizomi asoslari” v.b. kabi yo`nalishlar bo`yicha turli qisqa muddatli kurslar taqdim etadi, shuningdek chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda turli mahorat darslari o`tkazadi.

Direktor

Abduraupov Rustam Ramzovich

Tel

(+998 71) 239-03-05

Manzil

100060, O`zbekistan, Toshkent shahri. Mirobod tumani, Mirobod ko`chasi, 25.

Pochta manzili

info@rgsbm.uz

Sayt

https://rgsbm.uz

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.