“Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz” loyihasi

“Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz “Delta city” loyihasi 2018 yil 4 iyuldagi (№ PQ-3833-sonli) Prezident qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Loyihada poytaxtning Yunusobod tumanida tadqiqot instituti, talabalar shaharchasi, ko`p kvartirali uylar hamda yakka tartibdagi uy-joylardan tashkil topgan “Delta City” yuqori texnologiyali innovatsion markazining tashkil etilishi ko`zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish doirasida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo’lgan istiqboldagi “Delta city” hududidagi barcha obyektlar berilgan yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish Direksiyasi tashkil etilgan.

2021 yil iyul oyigacha quyidagi imtiyozlar taqdim etilgan:

  • investorlarni loyiha hududidagi qurilish bilan bog`liq bo`lgan faoliyat turlari bo’yicha yagona soliq to`lovidan, mol-mulk solig`i hamda yer solig`idan ozod etish;
  • norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar (xizmatlar) bo`yicha bosh pudratchi va bosh loyiha tashkilotlarini QQSdan ozod etish;
  • direksiyalar, investorlar, bosh pudrat tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalarni bojxona to`lovlaridan ozod etish;
  • direksiya faoliyat ko`rsatishining butun davrida soliqlarning barcha turlari va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan ozod etish.
Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.