“Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.

Markaz faoliyatining yơnalishlari:

  • “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini (keyingi ơrinlarda dasturlar deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni (keyingi o’rinlarda loyihalar deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida dasturlarni kelgusidagi strategik yơnalishlari, yagona yondashuv, mexanizm va bosqichlarini ishlab chiqish;

  • dasturlar doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi loyihalar, loyihaviy va texnik hujjatlar, shuningdek, normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarining kompleks ekspertizadan ơtkazilishi va kelishilishini ta'minlash;

  • loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish holatini tizimli monitoring qilish hamda dasturlar doirasida davlat organlari va tashkilotlar faoliyatiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligining reyting baholarini shakllantirish;

  • dasturlar doirasida loyihalarning samarali joriy etilishi va ishlashi uchun normativ xuquqiy bazani tahlil qilish va takomillashtirish bơyicha takliflar tayyorlash.

  • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida «aqlli» va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish;

  • jahon standartlari talablariga muvofiq «Elektron hukumat» tizimining rivojlanish darajasini tavsiflovchi statistik ma'lumotlarni tơplash, qayta ishlash va hisobga olish tizimini yuritish;

  • tadqiqotlar ơtkazish va iqtisodiyot tarmoqlarini axborotlashtirish bơyicha takliflar ishlab chiqish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishning yagona texnologik siyosatini ta'minlash;

  • «Elektron hukumat» tizimining infratuzilmasini, Ơzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va davlat xizmatlari kơrsatilganligi uchun tơlangan davlat bojlari va yig’imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yanada rivojlantirishni ta'minlash;

  • loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yơnaltiriladigan Ơzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari, beg’araz texnik kơmaklashish mablag’lari (grantlar), xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari imtiyozli kreditlarining samarali ishlatilishi ustidan monitoring olib borishda vakolatli organlarga kơmaklashish.


Markaz faoliyatining tamoyillari: Malaka. Tajriba. Tezkorlik. Shaffoflik. Sifat kafolati.

Direktor

Shoha’zamiy Shohrasul Shohmansur o’g’li

Tel

(+998) 71 231-63-25

Manzil

100060, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Nukus ko'chasi, 22

Pochta manzili

e-gov@napm.uz

Sayt

e-gov.uz (ishlab chiqilmoqda)

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.