Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya Markazi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsion markazi –O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PF-5099 Farmoni bilan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan O`zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan markazdir.

Innovatsion markazi faoliyatining asosiy yo`nalishlari:

  • xo`jalik subyektlarining oliy ta’lim muassasalari bilan IT-mahsulotlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdagi o`zaro hamkorligini kengaytirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish;
  • Innovatsion markaz rezidentlariga chet el investitsiyalarini jalb etishda ko`maklashish;
  • OTM va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini “informatsion texnologiyalar” mutaxassisligi bo`yicha ishga joylashishlarini ta’minlashda, jumladan, qobiliyatli yoshlarni startap loyihalarni amalga oshirishlarida qo`llab-quvvatlash orqali ishtirok etish;
  • AKT sohasida kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkillashtirish;
  • yangi ish boshlagan tadbirkorlarni innovatsion AKT-loyihalarni amalga oshirishda qo`llab-quvvatlash;

Rezidentlar

Markaz rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha qator bojxona va soliq to’lovlaridan ozod etiladilar, jumladan:

  • davlat maqsadli jamg`armalariga hisoblaniladigan barcha soliq va majburiy to`lov turlaridan;
  • yagona ijtimoiy to`lovdan;
  • o`z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan jihozlar va dasturiy ta’minotlarning bojxona to`lovlaridan;
  • jismoniy shaxslarning qat’iy 7,5% belgilangan stavkali daromad soliqlaridan, byudjetdan tashqari Pensiya fondiga – 4,5% sug`urta badallaridan v.b.

Markaz rezidentlari soni 320 dan ortiq.

IBM, Microsoft, CISCO, EPAM, Openbucks kompaniyalari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan. KAIST GCC (Koreya Respublikasi) bilan texnologiyalar transferi sohasida hamkorlik qilish bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi imzolangan, «Innopolis» universiteti va «IT-park» bilan anglashuv memorandumi imzolangan.

Direktor

Timur Azamatov

Tel

+998 71 252-50-48

Manzil

100015, Toshkent shahri, Afrosiyob ko`chasi, 4b-uy

Pochta manzili

info@muic.uz

Sayt

https://muic.uz/

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.