Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Idoraviy mansub tashkilotlar

669

“Raqamli ishonch” jamg‘armasi

Jamg`arma raqamli iqtisodiyot va blokcheyn sohasidagi loyihalarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni jamlaydi, blokcheyn sohasidagi kadrlar va startaplarni tayyorlash bo`yicha ta’lim tadbirlarini qo`llab-quvvatlaydi hamda kripto-aktivlar va blokcheyn sohasidagi chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etishga ko`maklashadi.

Jamg`arma mablag`lari Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ajratmalari, xalqaro tashkilotlar grantlari va kreditlari, yuridik shaxslar kapitalidagi Jamg`armaga tegishli aksiyalar (hissalar)ning daromadlari hamda vaqtincha bo`sh bo`lgan erkin mablag`larni jamg`arish va boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Jamg`arma mablag`lari raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, jumladan, blokcheyn, kripto-aktivlar, raqamli iqtisodiyot sohasidagi kompaniyalarning ustav kapitalidagi aksiya va hissalarni xarid qilish, startaplarni qo`llab-quvvatlash uchun grant va kreditlar ajratish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha boshqa maqsadlarda sarflanadi.

Telefon:
71 231 79 22

Manzil:
100029, Toshkent shahri, Islom Karimov ko`chasi, 1-uy.

Email:
info@digitaltrust.uz

Veb sayt:
digitaltrust.uz