Loyihalarning amalga oshirilishi va dasturlar bajarilishini nazorat qilish

Loyiha boshqaruvi bir vaqtning o`zida g`ayrat, shijoat va yuqori darajadagi kasbiy mahoratning birlashuvini talab qiladi.   

Davlat va hududiy loyihalarning amalga oshirilishi va dasturlar ijrosini nazorat qilish – muammoli masalalarni qayerda va nima sababli vujudga kelishini real vaqt rejimida aniq tushunish imkonini beradigan loyiha boshqaruvi yirik mexanizmining eng muhim va ajralmas qismidir.

Ushbu yo`nalishda Agentlikning vazifalari nimalardan iborat?

Birinchidan, loyihalarning amalga oshirilishi va dasturlar ijrosining barcha bosqichlarida to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi va o`rganadi.

Ikkinchidan, samaradorlikni baholaydi, loyihalarning rejalashtirilgan parametrlariga rioya qilinishini tahlil qiladi, prognoz ko`rsatkichlaridan chetga chiqilganligini aniqlaydi, ularni amalga oshirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi sabablarni, omillarni aniqlaydi.

Uchinchidan, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlaydi.

To`rtinchidan, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga ularni bartaraf etish yuzasidan shoshilinch choralar ko`rish to`g`risida xulosalar chiqaradi va takliflar kiritadi.

Shu tariqa Agentlik investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning samarali amalga oshirilishi asosida davlat daromadlarining oshirilishiga hissa qo`shadi, korporativ boshqaruvni takomillashtirish jarayoniga davlat korxonalarini jalb qiladi hamda investitsiyalarni jalb qilish uchun davlat aktivlaridan foydalanilishiga hissa qo`shadi.

Agentlik, shuningdek davlat mulkidan qanchalik samarali foydalanilayotganligini tahlil qiladi, boshqaruv va moliyaviy vositalarning ilg`or metodlarini joriy qilish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi.

Shuni esda tutish lozimki, Agentlik faoliyati faqatgina davlat va hududiy rivojlanish dasturlarida, shuningdek O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg`armalari (yoki O`zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg`armasi), O`zbekiston Respublikasi va O`zbekiston Hukumati tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar, korxonalarning – ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo`lgan xo`jalik subyektlarining o`z mablag`lari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi xo`jalik subyektlarining mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarida tatbiq etiladi.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.