Xalqaro hamkorlik sohasida nimalarni amalga oshiramiz?
-
hamkorlikni rivojlantirish, biznes aloqalarni yo`lga qo`yish hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy bank va kompaniyalari bilan aloqalarni qo`llab-quvatlash bo`yicha ishlarni tashkil qilamiz;
-
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy bank va kompaniyalar bilan uchrashuvlar, muzokaralar hamda tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlaymiz;
-
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy bank va kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik hujjatlarini ishlab chiqamiz;
-
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish doirasida texnik va konsultativ yordam ko`rsatish vositalarini jalb qilamiz;
-
xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va tashqi o`zaro hamkorlikni qo`llab-quvvatlash, Agentlikning xalqaro hamkorlik va tashqi aloqalar sohasida yagona siyosatini amalga oshirishni ta’minlash bo`yicha bir qator boshqa vazifalarni amalga oshiramiz.