“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun va mohiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tadi

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun va mohiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tadi

2019 yil 2 iyulda «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun 2019 yil 1 oktyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning maqsadi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonun, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini, shaxsiy hayoti va manfaatlarini huquqiy himoya qilinishini tartibga soladi.

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etishning muhimligini hisobga olib, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida 2019 yil avgust oyida Agentlik va uning qoshidagi idoraviy tashkilotlarining xodimlari uchun Qonunning mazmun va mohiyatini o‘rganish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Seminarda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun va mohiyati” mavzusidagi ma’ruza bilan shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktor o‘rinbosari – Tolipov Alisher Sohibjanovich ishtirok etadi.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.