«Taraqqiyot» tanlovi doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar to'plash to'g'risida

«Taraqqiyot» tanlovi doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar to'plash to'g'risida

2018 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ - 3755-sonli qarori qabul qilindi (keyingi o‘rinlarda-qaror).

Qarordan ko‘zlangan maqsad - istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashishdan iborat.

Qaror talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tomonidan istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha «Taraqqiyot» respublika tanlovi o‘tkazildi (keyingi o‘rinlarda-tanlov). Tanlov yakunlariga ko‘ra 16 nominatsiya bo‘yicha 50 nafar g‘olib va 100 nafar final ishtirokchilari tanlab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yuqoridagi qarorining 9-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi Milliy agentligiga tanlov natijalari bo‘yicha tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, talabgorlarga zamonaviy talablarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirilgan.

Ushbu masalani har tomonlama ko‘rib chiqish va takliflarni sifatli tayyorlash maqsadida Agentlik barcha manfaatdor tomonlarni tanlov tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni info@napm.uz elektron pochta manziliga yuborishlarini so‘raydi.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.