Быстрая навигация по сайту
Карта сайта
489

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
O'zbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari to'g'risida" gi Qonuni bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar

O'zbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari to'g'risida" gi Qonuni bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar

2018 yil 15 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Press-markazda, shuningdek 2018 yil 16 may kuni MTRK dagi Xalqaro press-klubda O'zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to'g'risida” gi Qonuni muhokamasi bo'yicha sessiya va intervyu bo'lib o'tadi. Ushbu Qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi №PQ-3166-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 


Qabul qilingan «Davlat xaridlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunini davlat xaridlari ochiqligini va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta'minlaydi, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo'lgan korxonalar mablag'laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. 


Qonun qabul qilinishidan avval mazkur soha 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan, bunda davlat xaridlarining yaxlit tizimi mavjud bo'lmagan, buning natijasida huquqiy kolliziyalar vujudga kelgan. Ko'p bosqichli kelishishlar va takrorlovchi tartib-taomillar korruptsiyaga sharoit yaratgan va ko'p vaqt yo'qotishga sabab bo'lgan. 


Shu sababli, Qonun hujjatini tayyorlashda asosiy e'tibor, sog'lom raqobat muhitini yanada rivojlantirishga, tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xaridlariga teng erkinlik yaratishga, davlat sektorini optimal muddatlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan samarali va oqilona ta'minlashga xizmat qilishiga hamda mamlakatda qulay investitsion muhitni shakllantirish jarayonini davom ettirish, xalqaro reytinglarda O'zbekiston ko'rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladigan masalalarga qaratilgan. Tadbirga davlat tashkilotlari va biznes uyushmalar xodimlari, davlat xaridlari sohasidagi ekspertlar, OAV lar va xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek masalaga qiziqishi bo'lgan boshqa shaxslar taklif etiladi. 


Tadbir tashkilotchisi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 

Manzil: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Press-markaz va O'zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi 

Sana va vaqt: 2018 yil 15 may 10:00 da; 2018 yil 16 may 11:00 dan 12:30 gacha.