Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Agentlik vakillari kriptojinoyatlar bilan bog'liq moliyaviy tergov bo'yicha mintaqaviy konferentsiyada ishtirok etdilar.

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

34

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Agentlik vakillari kriptojinoyatlar bilan bog'liq moliyaviy tergov bo'yicha mintaqaviy konferentsiyada ishtirok etdilar.

Agentlik vakillari kriptojinoyatlar bilan bog'liq moliyaviy tergov bo'yicha mintaqaviy konferentsiyada ishtirok etdilar.

BMT Kontrterroristik boshqarmasi, Rossiya Federatsiyasi moliyaviy monitoring Federal xizmati, hamda M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Global iqtisodiyot va moliyaviy razvedka Markazi hamkorligida 2021 yil 8 - 10 sentyabr kunlari Moskva shahridagi (RF) M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetida regional konferentsiya oʼtkazildi.

Konferentsiya virtual aktivlar, ularning istiqbollari, xavflarni baholash, EOG aʼzo davlatlarida kripto-aktivlar bilan bogʼliq jinoyatlarni oʼrganish va ular boʼyicha tajriba almashishga bagʼishlangan edi.

Konferentsiyada Belarus, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi nomidan konferentsiyada Kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi “blokcheyn” texnologiyasi va uning Oʻzbekistondagi keyingi istiqboli haqidagi maʻruza bilan ishtirok etdi.

Maʻruzada Oʻzbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishda erishgan oʼrni, qonunchilikning FАTF standartlari va Tavsiyalariga qatʻiy rioya qilishi, shuningdek ushbu soha ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish va boshqaruv mexanizmlarini joriy etish boʻyicha rejalar koʻrsatib oʻtildi.

Oʻtkazilgan konferentsiya yakuniga koʻra, tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchiligi hamda taklif etilayotgan litsenziyalash mexanizmlari eng samarali ekanligi, shuningdek, FАTF Tavsiyalariga asosan Oʻzbekiston kripto-aktivlar aylanmasi sohasida Sektoral xavflarni baholash oʻtkazilgan kamsonli davlatlardan biri ekanligi alohida qayd etib oʼtildi.


Курс криптовалют