Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Agentlikda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

194

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Agentlikda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish  kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

         2021 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida (keyingi
o‘rinlarda – Agentlik) korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilinib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha milliy va xalqaro tajriba, davlat xizmatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy va institutsional bazaning takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar davlat organida komplayens nazorat tizimini tashkil etish masalalari, xususan ichki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmalarning vazifa va vakolatlari masalalariga alohida qiziqish bildirishdi.

Seminar davomida shuningdek, Agentlik tomonidan joriy yil dekabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining tavsiyalariga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki normativ hujjatlar qabul qilinganligi qayd etib o‘tildi.

Mazkur normativ hujjatlar korrupsiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. Ushbu qayd qilingan hujjatlar maqsadi:

- Agentlik xodimlarining qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida jinoiy faoliyatga aralashib qolishi holatlarini oldini olish;

- korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan faoliyat va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish va monitoring qilish;

- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;

- Agentlikda korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash;

- Agentlikda xizmat faoliyatini amalga oshirish davomida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarlik hamda uninig kelib chiqish sabablarini tizimli ravishda va doimiy tahlil qilib borish imkonini beruvchi korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot to‘plashning yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilish.

Seminar yakunlari bo‘yicha Agentlik xodimlari o‘zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan Agentlik xodimlari uchun malaka oshirish bo‘yicha seminar va treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.


Курс криптовалют