Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

AXBOROTI

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

63

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
AXBOROTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-121-son Farmoni (keyingi o‘rinda – Farmon) bilan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur Farmonga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik)ga aylantirildi.

Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

-     davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalariga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga tashabbus ko‘rsatish va olg‘a siljishga ko‘maklashish.

2. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va uning tuzilmasida Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya faoliyat olib boradi.

Agentlik:

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini;

-     O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibini belgilaydi.

3. Kripto-aktiv – bu ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, hamda qiymati va egasiga ega bo‘lgan mulkiy huquq hisoblanadi.

4. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari quyidagilardan iborat:

-     mayning;

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati (keyingi o‘rinlarda – xizmatlar provayderlari).

5. Mayning – bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.

Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda:

-     iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi;

-     tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi;

-     iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi.

Mayning Agentlik tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.

Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Maynerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Malumot uchun: quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalanuvchi maynerlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadigan energiya sohasida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish huquqiga ega.

Quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalangan holda o‘z faoliyatini amalga oshirishni mo‘ljallayotgan maynerlar va (yoki) investorlar, ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng:

olingan barcha elektroenergiyani o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, mayning faoliyati uchun ishlatishi;

mayning faoliyati barqarorligini ta’minlash maqsadida, kunning faqat tungi vaqtida, belgilangan tariflar asosida yagona energotizimidan elektr energiyasini olish huquqiga ega.

Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona energotizimiga noqonuniy ulanishi holatlari aniqlanganda, ularga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan qo‘llaniladi.

6. Xizmatlar provayderlari faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari – yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.

Xizmatlar provayderlari jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan, ularning nomidan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Xizmatlar provayderlari turlariga:

-     kripto-birja (kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot);

-     mayning-pul (mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot);

-     kripto-depozitariy (kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot);

-     kripto-do‘kon (kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot);

-     Agentlik qarorlari bilan belgilanadigan boshqa turdagi xizmatlar provayderlari.

Xizmatlar provayderlari faoliyatiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

-     O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy ta’minot vositalari to‘plamining mavjudligi;

-     kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari o‘rtasida), shu jumladan, ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;

-     kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

-     kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qo‘yiladigan, shu jumladan, kripto-aktivlardan foydalanilish bilan bog‘liq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida va’dalariga, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish;

-     anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaslik;

-     platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni vakolatli organning so‘roviga binoan bepul taqdim etish;

-     qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablar.

Kripto-birjalarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi:

-     kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga oshirish;

-     ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi mavjudligi, shundan uch ming baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yiladi.

Xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasi faqat uning muassislarining mablag‘lari va boshqa mol-mulklaridan shakllantiriladi.

Xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun foydalaniladigan mablag‘lar kredit yoki garovga olingan mablag‘lar va shu kabi boshqa mablag‘lar jalb qilinishi orqali amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. Xizmatlar provayderlari:

-     ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan, kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni mijozlardan undirish tartibini belgilash;

-     O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan bitimlarini tashkil etish huquqiga ega.

8. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasidа:

-     “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona bojlarini to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi;

-     “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.

9. O‘zbekiston Respublikasi hududida:

-     kripto-aktivlarning to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi;

-     yashirin mayningni (maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat) va anonim kripto-aktivlar mayningi (anonimlik prinsipi bo‘yicha ishlayotgan kripto-aktivlar) amalga oshirish taqiqlanadi.

10. 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy xizmatlar provayderlari orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Shuningdek, Farmon bilan Agentlikka:

-     Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi;

-     Kripto-aktivlar mayningini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

-     O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi;

-     Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni qabul qilinishini va amalga kiritilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Hozirgi kunda, Agentlik tomonidan, yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tadbirkorlik subyektlari e’tiborini, mayning va xizmatlar provayderlari faoliyatini faqatgina mazkur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan va kuchga kirgandan so‘ng tashkil etish mumkinligiga qaratamiz.

Agentlik, barcha fuqarolardan qonun doirasida faoliyat olib borishni hamda tegishli litsenziya va (yoki) ruxsat beruvchi hujjatsiz kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni tashkil etishga urinishdan, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lmagan xizmatlar xizmatlaridan foydalanmaslikni so‘raydi.

Курс криптовалют