Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qiziqarli tarixiy voqealar!

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

185

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qiziqarli tarixiy voqealar!

Bitkoin tarixi 2008 yilda “bitcoin.org” domeni ro‘yxatdan o‘tkazilganidan boshlanadi, “Satoshi Nikamoto” taxallusi ostida ma’lum bir ishlab chiquvchi (yoki ishlab chiquvchilar guruhi) “Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System” (bitkoin: markazlashmagan elektron pul tizimi) maqolasini nashr etdi.

Maqolada markazlashmagan raqamli valyuta tushunchasi yagona administratorga ega bo‘lmagan, lekin ayni paytda har bir ishtirokchi o‘zining raqamli ma’lumotlar manbaiga (masalan: shaxsiy kompyuterda) saqlaydigan ommaviy tranzaksiyalar jurnali bilan ifodalangan.

2009 yil 3 yanvarda birinchi blok yaratildi va birinchi 50-dona bitkoin o‘z egasini topdi.

Bitkoinlarni o‘tkazish bo‘yicha birinchi tranzaksiya 2009 yil 12 yanvarda, Satoshi Nakamoto tomonidan Xal Finng (taniqli kriptograf, koder) manziliga 10-dona bitkoin yuborganida bo‘lib o‘tdi.

2009 yilda kripto-aktivlar mayningi faoliyati boshlandi (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat). Shu bilan birga, o‘sha vaqtda bitkoin hech qayerda sotilmagan va umuman kripto-aktivlarni sotib olish/sotish va boshqarish uchun platformalar mavjud emas edi (masalan: kripto-birja, almashtirish shohobchalari va boshqalar). Aslida, 2009-2010 yillar davomida, bitkoin narxi 0,0025-1 dollar atrofida o‘zgarib turdi.

2010 yilning eng qiziq voqeasi – amerikalik Laslo Xanech 10 000-dona bitkoinga ikkita pitssa sotib olgani bo‘ldi.


Курс криптовалют