Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish yuzasidan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasi (RF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

44

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish yuzasidan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasi (RF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish yuzasidan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasi (RF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida 2021 yil 16 sentyabr kuni Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi (RF) bilan videokonferentsaloqa usulida uchrashuv boʼlib oʻtdi.

 Maʻlumot uchun:

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi (www.decdfund.ru) nodavlat tashkilot boʻlib, rossiyalik IT-loyihalarini rivojlantirish, davlat va biznesni raqamli formatga oʻtishini taʻminlash uchun tuzilgan tashkilotdir.

Jamgʻarmaning asosiy faoliyat yoʼnalishlari:

savdo bozorlarida uzoq muddatli raqobatbardoshlikni saqlash maqsadida korxonaning raqamli strategiyasini yangilash va zamonaviylashtirish boʻyicha ishlarni olib borish;

raqamli loyihalar va mahsulotlarni qidirishning eng samarali vositasi boʻlgan texnologik skautingni amalga oshirish, va buni joriy etish orqali korxonaning raqobatbardoshligini oshirish;

hududning raqamli tayyorgarligi darajasini aniqlash va raqamli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha eng samarali yondashuvni tanlash;

korxonaning raqamli strategiyasini tanlash, va korxonaning umumiy strategiyasining bir qismi sifatida joriy etish;

strategik investorlar bilan uzoq muddatli investitsion shartnoma qabul qilish va raqamli transformatsiya boʻyicha barcha tadbirlarni amalga oshirish.

 Uchrashuv davomida Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi vakillarining sohani boshqarishdagi qonunchilikni takomillashtirish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish yuzasidan oʼzaro loyihalarni amalga oshirish boʼyicha takliflari koʼrib chiqilib, oʼzaro uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi va sohani boshqarishdagi qonunchilik boʼyicha tajriba almashindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamgʻarmasining raqamli moliyaviy aktivlar va raqamli valyutalar masalalari Qoʻmitasi raisi, hamda shu jumladan «Binance» xalqaro kripto-birjasining sharqiy Yevropa va MO boʻyicha vakili bilan suhbat oʻtkazildi.

Suhbat davomida, taraflar ikki tomonlama hamkorlik, istiqboldagi oʻzaro loyihalar, Respublika hududida faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olish masalasi (kompaniya qiziqish bildirgan holatda) muhokama qilinib, «Binance» xalqaro kripto-birjasi vakilini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra tomonlar barcha takliflarni koʻrib chiqish va istiqbolda hamkorlik qilishni oʻrganishni kelishishdi.


Курс криптовалют