Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Меню раздела

2019

Yil hisoboti

Yuklab olishYil hisoboti 2019

Kripto aktivlari sohasidagi yangiliklar

128

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida faoliyati takomillashtirilmoqda.

Xususan, Agentlik tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni implementatsiya qilinishi ta’minlanmoqda.

Jumladan, “Virtual aktivlar xizmati provayderlari va virtual aktivlar. Tavakkalchilikka qaratilgan yondashuv bo‘yicha yangilangan FATF qo‘llanmasi”ning (“Updated guidance for a risk-based approach: Virtual assets and virtual asset service providers”, 2021 yil oktabr) 104-bandiga asosan virtual aktivlar xizmati provayderlari (O‘zbekiston Respublikasida bu kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar) virtual aktivlar yordamida jinoiy daromadlarni legallashtirish
va terrorizmni moliyalashtirish xavfini kamaytirish, shu jumladan bitmlarni monitoring qiluvchi hamda gumonli faoliyatni aniqlashtirovchi dasturiy ta’minotdan foydalangan holda, shartligi belgilangan.

Shu bois, Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga (ro‘yx. raq. 3309-1-son, 05.04.2022 y.) quyidagilarni inobatga oluvchi o‘zgartirishlar tayyorlandi va kiritildi:

– tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish davomida mijozlar tomonidan kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tahlil qilish (shu jumladan, mijozlarning kripto-hamyon manzillari foydalanilgan savdo maydonlari, mijozlar kontragentlarining kripto-hamyon manzillari, mijozlarning kripto-hamyon manzillarining boshqa kripto-hamyon manzillari bilan aloqalarini aniqlash va h.q.) va mijozlarning kripto-hamyon manzillari qonunga xilof faoliyatda ishlatilishi tavakkalchiliklarini baholashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish;

– kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning mas’ul xodimlarining qayta tayyorgarlikdan o‘tkazish muddatlarga aniqlik kiritilmoqda;

– saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish;

– ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilanmoqda.

Agentlik tomonidan kripto-aktivlarni qonunga xilof maqsadlarida foydalanishning tavakkalchiliklarini minimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

 

 

Ma’lumot uchun : +998 71 231-79-05


Курс криптовалют