Быстрая навигация по сайту
Карта сайта

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun, ichki nazorat qoidalarini yuzasidan «Kobea Group» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi

E'lon
124

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun, ichki nazorat qoidalarini yuzasidan «Kobea Group» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun, ichki nazorat qoidalarini yuzasidan «Kobea Group» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi

2021 yil 17-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakillari va «Kobea Group» kompaniyasi rahbariyati o'rtasida videokonferents-aloqa orqali uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi hududida Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari talablarini etkazishga qaratildi.

Ma’lumki, ushbu Qoidalar Agentlik va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti qarori bilan tasdiqlangan (09.06.2021 yil, 3309-son) va 2021 yil 10 iyundan kuchga kirdi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha "Kobea Group" tomonidan quyidagilar bo'yicha tushuntirishlar berildi:

ichki nazoratning asosiy vazifalari;

ichki nazorat tizimini tashkil etish;

mas'ul xodimning asosiy funksiyalari va vazifalari;

mijozlarni lozim darajada tekshirish bo'yicha chora-tadbirlar, shu jumladan kripto birjasi tomonidan mijozlarni identifikatsiyalash choralarini ko’rish;

kripto-aktivlar muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning majburiyatlari;

mijozlarning tavakkalchilik darajasini, shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlarini aniqlash va baholash, shuningdek umuman ushbu turdagi xavflarni minimallashtirish yoki yo'q qilish uchun zarur bo'lgan choralarni ko’rish;

Departament va Agentlikning so'rovlarini o'z vaqtida bajarish, shuningdek kamida besh yil davomida ma'lumotlarni saqlash.

 

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda mamlakatimizda bitta "UzNEX" kripto-birjasi mavjud bo'lib, uning litsenziyasi 2019 yil 20 dekabrda O'zbekiston Respublikasi hududida kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan.


Курс криптовалют