LBMAda intellektual infratuzilmani rivojlantirish masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

LBMAda intellektual infratuzilmani rivojlantirish masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2019 yil 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida intellektual infratuzilmani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, «UZINFOCOM» davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni LBMA direktorining o‘rinbosari Maqsudov Davron ochib, ishtirokchilarni Agentlik faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Xususan, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 03-yanvardagi PF-5609-sonli Farmoniga muvofiq Jizzax viloyatini «Ilg‘or hudud»ga aylantirish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Agentlik tomonidan qishloqlarda quyosh kollektorlari, issiqxona va baliq xo‘jaligi, suv ta’minoti tizimlarini o‘z ichiga olgan kichik intellektual – ishlab chiqarish va avtonom infratuzilmani (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) qurish tashabbusi ilgari surilganligini ham aytib o‘tdi.


Loyihani amalga oshirish doirasida issiqxona va baliq xo‘jaliklarini qurish bo‘yicha alohida imkoniyatlar qayd etildi. Loyihani qurishda qo‘llaniladigan texnik va muhandislik yechimlari «Raqamli ishonch» jamg‘armasi Ijrochi direktori o‘rinbosari Mixaylov Dmitriy tomonidan taqdim etildi. Ta’kidlash joizki, intellektual infratuzilmada quyosh energetikasi sohasidagi ishlanmalar qo‘llanilib, dizayni mahalliy sharoitga moslashtirilgan quyosh kollektorlaridan foydlaniladi, shuningdek, butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi «Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi PF-5609-sonli Farmoni doirasida «Bir qishloq - bitta mahsulot» tamoyili asosida amalga oshiriladi va kelgusida mamlakatimizning barcha hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.


Bundan tashqari, «UZINFOCOM» davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori fermerlarga ekinlarni parvarishlash va tuproqni sifatli holatda saqlash bo‘yicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan «Raqamli xo‘jalik» mobil ilovasini ham taqdim etdi.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.