O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlarni yaxshilash bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok eting

O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlarni yaxshilash bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok eting

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarida – Agentlik), Agentlik qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash Yagona integratori «UZINFOCOM», BMTTD, Jahon banki va YeXHT ko‘magida, ochiq ma’lumotlar sohasidagi muammolarni aniqlash, ma’lumotlarning dolzarbligini va haqqoniylik darajasini, ularga bo‘lgan talabni oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining ((https://data.gov.uz) funksional imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqdalar.

Sizning fikringiz bizlarga ochiq ma’lumotlarga bo‘lgan talablaringizni aniqlash va maksimal darajada qondirish, Ochiq ma’lumotlar portalining imkoniyatlarini yaxshilash, yangi dolzarb datasetlarni yaratish va bu orqali talab yuqori bo‘lgan dasturiy ta’minot mahsulotlari, ilovalar va hokazolarni ishlab chiqishni rivojlantirishga turtki berishga ko‘maklashadi.

So‘rovnoma quyidagi havolalar orqali o‘tkazilmoqda:

-         O‘zbek tilida: https://forms.gle/pJs1R8pcewq5qiFWA

-         Rus tilida: https://forms.gle/nrV6QuLMdMPhWzLR6

So‘rovnoma 9 ta savoldan iborat va 10 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtingizni talab qiladi. So‘rovnomada ishtirok etganigiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.

 

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.