Oliy maktabda Al-Beruniy tavalludiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

Oliy maktabda Al-Beruniy tavalludiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

2019-yil 5-sentabr kuni O'rta asrlarning taniqli va ko'zga ko'ringan namoyandalaridan biri bo'lgan Abu Rayhon Al-Beruniy tavallud topgan kun munosabati bilan Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) tantanali tadbir tashkil etilib, unda faxriy mehmonlar, magistratura tinglovchilari va Oliy maktab xodimlari ishtirok etdilar. Al – Beruniy - Xorazmlik buyuk olim, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko'plab sohalardagi asarlar muallifi. Uning o'lmas ilmiy asarlari jahon ilm-fanining rivojlanishida bebaho ahamiyat kasb etadi.

Bu yili uning 1046 yilligi keng nishonlandi. Tadbir davomida faxriy mehmonlar buyuk dahoning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan nutq va ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti vakili Umida Sultonnazarovaning "Abu Rayhon Beruniy faoliyatining zamonaviy ilm-fandagi ahamiyati to'g'risida"gi ma'ruzasi ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg'otdi.

Tadbir so'ngida faxriy mehmonlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.