Pearson Group va Oliy maktab tinglovchilari sertifikatlar bilan taqdirlandilar

Pearson Group va Oliy maktab tinglovchilari sertifikatlar bilan taqdirlandilar

2019 yil 27 avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi respublika Biznes va boshqaruv oliy maktabida Pearson Group kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv treningda ishtirok etgan 60 dan ortiq kollej direktorlari va o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyiha amaliy mashg‘ulotlar, kasbiy va qo‘shimcha ko‘nikmalarni - «Hard skills & soft skills» shuningdek, ishga joylashish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qisqa muddatli intensiv kurslardan iborat.


Treningda bir qator o‘quv mashg‘ulotlari, jumladan, mutaxassislik yo‘nalishlarining fanlaridan o‘qitish uslubiyoti, ma’muriy ishlarni o‘rganish kiritilgan. Treningni o‘tkazish uchun xalqaro amaliy tajribaga ega Pearson Group guruhining 14 nafar ekspertlari jalb etildi.

Pearson Group BTEC xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish standartlari bo‘yicha maxsus kasb-hunar ta’limi berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan loyiha doirasida Oliy maktab bilan yaqindan hamkorlik qiladi.


Eng ko‘p talab qilinadigan ixtisosliklarni aniqlash uchun Pearson Group kompaniyasi respublika bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi, natijada hisobot tayyorlandi va 10 ta eng muhim yo‘nalish aniqlandi:

* Turizm va mehmonxona biznesi;

* Ta’minot nazorati (omborlar);

* Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

* Davlat boshqaruvi mutaxassisi;

* IT;

* Savdo va marketing;

* HR;

* Buxgalteriya va moliya;

* Strategik boshqaruv va yetakchilik.

Joriy yilning sentyabr oyida yuqoridagi dasturlar bo‘yicha kurslarni tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Ro’yxatga qaytish

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.