Быстрая навигация по сайту
Карта сайта
0

Manba: ko'rsatilmagan

Chop etiladigan nusxa

1.         Davlat korxonalari transformatsiyasi nima?


Davlat korxonalari transformatsiyasi dasturi – bu, ularning ishlab chiqarish, xarid qilish, sotish va investitsiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga, ular respublika aholisi va sanoatiga ko'rsatadigan xizmatlari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. Dastur shuningdek, oxir oqibat davlat tashkilotlarini xalqaro bozorda raqobatbardosh bo'lishiga olib keladigan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini yaratishga va ma'lumotlarning shaffof bo'lishiga qaratilgan. 



2.         Transformatsiyaning sababi nima? Davlat korxonalarini avval mavjud bo'lgan boshqarish tizimi muammolari nimada aks etgan?


Transformatsiyaga olib kelgan sabablar:


3.         Chet elda bu turdagi korxonalar qanday ishlashadi? Davlatning biznes sohasidagi faoliyati qay darajada samarali va daromadli?


Ushbu turdagi dasturlarning amalga oshirilishi bo'yicha ijobiy xalqaro tajriba mavjud.


Masalan, shu turdagi dasturning amalga oshirilishi tufayli, Malayziyaning milliy telekommunikatsion kompaniyasining foydasi 2 barobarga, energetika kompaniyasining foydasi va kelib tushgan mablag'lari 2,5 barobarga oshgan. Dasturga kiritilgan barcha ishtirokchi kompaniyalarning bozor narxi 3 martaga o'sgan.


Chet eldagi rivojlangan davlat korxonalari, yirik shaxsiy kompaniyalar bilan bemalol raqobatlasha olishadi.


Masalan, Singapur havo yo'llari aviatashuvlar bo'yicha dunyodagi eng raqobatbardosh kompaniyalardan biri hisoblanadi. Davlat kompaniyasi hisoblanadigan Frantsuz temir yo'llari esa, temir yo'l tashuvlari bo'yicha Yevropadagi oldi kompaniyalardan biridir.


Petronas va Saudi Aramko kompaniyalari – Malayziya va Saudiya Arabistonining davlat kompaniyalari hisoblanishadi va shubhasiz neft-gaz qazib chiqarish va kimyo sanoati bo'yicha dunyoning mashhur kompaniyalari hisoblanadilar.


Moliya sektorida, davlat banki bo'la turib, 3-5 yil davr oralig'ida davlat moliya institutida eng yirik va ahamiyatli transformatsiyani amalga oshira olgan Rossiyaning «Sberbank» bankini misol qilib ko'rsatish mumkin.


Hatto maishiy elektronika sektorida ham davlat kompaniyalari omadli faoliyat ko'rsatishi mumkin. Bunga misol Xitoyning «Hier» kompaniyasidir.


4.         Transformatsiya dasturining maqsadi:



5.         Aynan shu kompaniyalarni tanlash nimaga asoslangan?


Dasturning «birinchi to'lqini» da ishtirok etish uchun Respublika iqtisodiyotida nisbatan muhim rol o'ynovchi 10 ta kompaniya tanlangan:

Tanlab olish vaqtida 2 ta asosiy mezonga e'tibor qaratilgan:


6.         Transformatsiya mexanizmi qanday bo'ladi?


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Transformatsiya dasturiga start beradi.


Transformatsiya mexanizmlari loyihaviy boshqaruvning zamonaviy uslublariga asoslanadi.


Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tarkibida loyiha ofislari tashkil etiladi va ularning har biri, bitta davlat korxonasining transformatsiya dasturi uchun javobgar bo'ladi.


Transformatsiya mexanizmi:


Loyiha ofisi – Transformatsiya dasturini bevosita muvofiqlashtirish bilan shug'ullanadi va davlat korxonasi rahbarlari va xodimlari bilan birgalikda davlat korxonalari samaradorligini oshirish bo'yicha tashabbuslarni tatbiq etadi.


Loyiha ofisi muntazam ravishda Transformatsiya dasturi amalga oshish jarayoni, vujudga kelayotgan to'siqlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga hisobot beradi. Ushbu Muvofiqlashtiruvchi Kengash, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Qarori bilan tashkil etilgan bo'lib, unga Davlat rahbari raislik qiladi.


Transformatsiya dasturining amalga oshirish shaffofligi ham nazorat tizimining muhim va zarur tarkibi hisoblanadi va bu dastur natijalari to'g'risidagi hisobotlarni doimiy ravishda har yili chop etish yo'li orqali ta'minlanadi.


7. Loyiha ofisi – Loyiha boshqaruvi milliy agentligining bo'limi bo'lib, kompaniyalar rahbarlari va xodimlari bilan birgalikda samaradorlikni oshirish bo'yicha tashabbuslarni ishlab chiqadi va joriy etadi. U bir nechta guruhlarga bo'lingan bo'lib, o'nlab xodimlar faoliyat yuritishadi. Har bir guruh bitta kompaniyaga javob beradi.